» » Akula avstraliyalik g‘avvosning qo‘lini suyagigacha g‘ajib tashladi

Akula avstraliyalik g‘avvosning qo‘lini suyagigacha g‘ajib tashladi


Avstraliyalik suzuvchi akula hujumidan keyin olgan jarohatlariga qaramasdan, kasalxonaga o‘zi yetib bordi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Avstraliyaning Pert shahrida yashovchi 57 yoshli Piter O’Helloran G‘arbiy Avstraliya shtatining Eksmut shahri yaqinida maxsus nafas olish qurilmasi yordamida suv ostida suzish bilan shug‘ullanayotgan edi. Erkak qirg‘oqdan 400 metr uzoqda bo‘lgan vaqtda akula unga hujum qilgan.

Erkakning aytishicha, akula uning qo‘lidan tishlagan va katta qismini uzib olgan. Shundan so‘ng, u akuladan xalos bo‘lib, qirg‘oqqacha suzib borgan va kasalxonaga murojaat qilgan. Unga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Keyin esa u jarrohlik operatsiyasi uchun Pertga uchib ketgan.

Qo‘lining rentgen tasviriga ko‘ra, akula qo‘l suyagining bir qismini go‘shti bilan uzib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют