» » O‘zbekiston Prezidenti 2020-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti 2020-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan 2020-yilda budjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida budjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.

Qonun bilan respublika budjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

Shu bilan birga, 2020-yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga ko‘ra, bir qator xarajatlar respublika budjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy budjetdan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Jumladan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga doir: 

Senatorlar “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Qonunchilik palatasi “2020-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют