» » “Napoli” Karlo Anchelottini iste’foga chiqardi

“Napoli” Karlo Anchelottini iste’foga chiqardi


“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’foga chiqarildi. Bu haqida neapolliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Klub prezidenti Aurelio de Laurentis va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi do‘stona munosabat o‘zgarmay qoladi”, — deyiladi klub bayonotida.

60 yoshli mutaxassis Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida “Genk”ga qarshi bahsda g‘alabaga erishib (4:0), jamoasini musobaqa 1/8 finaliga olib chiqqandi.

Biroq “Napoli” Italiya A Seriyasida ketma-ket 9 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa ayni damda 7-pog‘onani egallab turibdi.

Avvalroq Anchelottining o‘rnini “Milan” sobiq ustozi Jennaro Gattuzo egallashi xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют