» » Tashkent City’da 12—14-dekabr kunlari pishloq va pitssa festivali bo‘lib o‘tadi

Tashkent City’da 12—14-dekabr kunlari pishloq va pitssa festivali bo‘lib o‘tadi


Toshkent shahridagi Tashkent City xiyobonida 12—14-dekabr kunlari pishloq va pitssa festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilar pishloq va pitssaning turli xillarini taqdim etadi. 14-dekabr, shanba kuni esa xiyobonga tashrif buyurganlar ulkan o‘lchamdagi pitssani tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hokimlikning ma’lum qilinishicha, festival davomida bog‘ mehmonlari musiqachilarning chiqishlaridan, bolalar musiqiy jamoalari va QVZ jamoalarining tomoshalaridan bahramand bo‘lishi mumkin.

Tadbir doirasida “kimyoviy shou”, turli tanlovlar va ko‘ngilochar aksiyalar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yangi yil archasi oldida animatorlar bolalar uchun tomoshalar uyushtiradi.

Avvalroq Tashkent City’da Yangi yil bayramiga tayyorgarlik boshlangani, bayram arafasida xiyobonda estrada vakillarining konsertlari, shokolad, pittsa va pishloq festivallari va bayram karnavallari bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют