» » Greta Tunberg Time jurnali tomonidan yil odami deb topildi

Greta Tunberg Time jurnali tomonidan yil odami deb topildi


AQShning Time jurnali talqiniga ko‘ra, yil odami shvetsiyalik 16 yoshli Greta Tunberg bo‘ldi. Bu haqda nashrning saytida ma’lum qilindi.

Time jurnali muqovasida Greta Tunbergning Portugaliyada okean qirg‘og‘ida tushgan rasmi aks etgan va unga “Yoshlik kuchi” deb izoh berilgan. Nashr xodimlari Tunbergning “Biz xuddi erta yo‘qdek yashashda davom eta olmaymiz, chunki ertangi kun bor”, degan so‘zlarini iqtibos sifatida keltirgan.

Shvetsiyalik 16 yoshli Greta Tunberg dunyodagi ekologik harakatning yetakchilaridan biri hisoblanadi. U 2018-yilda Shvetsiya parlamenti oldida bir o‘zi norozilik bildirganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Norozilik chiqishi chog‘ida qiz iqlim bo‘yicha Parij bitimi talablariga amal qilishni talab qilgan. 2019-yilning sentabr oyida Tunberg BMTning iqlim bo‘yicha sammitida nutq so‘zladi. Chiqishi davomida qiz siyosatchilarni uning bolaligini tortib olganlikda ayblagan va ularning zimmasiga iqlim o‘zgarishlari muammolarini yechishni yuklagan.

Avvalroq Time jurnali “Yil odami” mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etgan edi. Ro‘yxatda siyosatchilardan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy raisi Si Szinpin hamda Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Arder o‘rin oldi.

Shuningdek, ro‘yxatda Facebook asoschisi Mark Sukerberg, amerikalik futbolchi Megan Rapino, Trampga nisbatan impichment jarayonining boshlanishiga sabab bo‘lgan MRBning maxfiy xodimi, Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani, 16 yoshli ekofaol Greta Tunberg va Gonkongdagi norozilik namoyishi ishtirokchilari ham bor edi.

Mavzuga doir:

BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan qizaloq Greta Tunberg kim va u nimaga erishmoqchi?

Greta Tunberg xalqaro bolalar mukofotini qo‘lga kiritdi

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashayotgan shvetsiyalik o‘quvchi qiz BMT sammitiga yelkanli qayiqda keldi. Tabiatga zarar yetkazmaslik uchun (video)

Samolyotlardan foydalanishni istamagan Greta Tunberg AQShdan Ispaniyaga katamaranda yo‘lga chiqdi

Greta Tunberg Shimoliy kengashning 52 ming dollar miqdoridagi mukofotidan voz kechishga qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют