» » Nurmagomedov UFC tarixidagi eng muhim to‘qnashuv haqida gapirdi

Nurmagomedov UFC tarixidagi eng muhim to‘qnashuv haqida gapirdi


UFC yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining Toni Fergyusonga qarshi kechadigan jangi haqida gapirdi.

“Bu jangni millionlab muxlislar kutmoqda. Bunday g‘alabali seriyaga ega jangchilarning oktagonda to‘qnash kelishi UFC tarixida hali bo‘lmagan.

Bu UFC tarixidagi eng muhim jang. Bu jang mening respublikam, mening mamlakatim va barcha muxlislar uchun muhim.

Fergyuson — juda chidamli jangchi, yaxshi seriyalarni qo‘llab turadi. Og‘ritish va bo‘g‘ish usullarida ham yaxshi saviyada. Munosib raqib va biz ham unga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, — deydi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Toni o‘rtasidagi jang 2020-yilning 18-aprel oqshomida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют