» » Konte Gvardiolani ikkinchi bor taslim qildi. APLda London yetakchilari uchun atalgan tur

Konte Gvardiolani ikkinchi bor taslim qildi. APLda London yetakchilari uchun atalgan tur


Angliya Premyer-ligasida 31-tur uchrashuvlari yakunlandi. Bunda Londonning “Chelsi” klubi chempionlik uchun yana bir dadil qadam tashladi.

Turning markaziy o‘yinida “Manchester Siti”ni qabul qilgan Antonio Konte jamoasi 2:1 hisobida ustun keldi. Mezbonlardan Eden Azar dubl qayd etgan bo‘lsa, bunga Serxio Aguero bir bor javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, tomonlarning “Siti” maydonida kechgan o‘yinida ham Antonio Konte jamoasining qo‘li baland kelgandi — 3:1. Shu tariqa “aristokratlar” “Liverpul”dan 12, “Siti”dan 14 ochko ilgarilab ketdi.

Mazkur turda “Arsenal” va “Tottenhem” klublari ham 3 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “To‘pchilar” “Vest Hem”ga imkoniyat qoldirmadi. “Tottenhem” esa Uelsda iroda ko‘rsatib, 89-daqiqadan boshlab uchta gol urishga erishdi.

Yurgen Klopp boshqaruvidagi liverpulliklar o‘tgan tur derbini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, bu safar “Bornmut”ni yenga olmadi va chempionlik poygasidan yanada uzoqlashdi.

Angliya Premyer-ligasi
31-tur o‘yinlari
5-aprel, chorshanba

Gollar: Mesut O‘zil, 58 (1:0). Teo Uolkott, 68 (2:0). Olivye Jiru, 83 (3:0).

Gollar: Ueyn Rautlej, 11 (1:0). Dele Alli, 89 (1:1). Son Xyon Min, 90+2 (1:2). Kristian Eriksen, 90+4 (1:3).

Gollar: Alvaro Negredo, 5 (0:1). Lazar Markovich, 14 (1:1). Baye Umar Niasse, 27 (2:1). Abel Ernandes, 33 (3:1). Marten de Roon, 45+1 (3:2). Harri Magvayr, 70 (4:2).

Gollar: Kristian Benteke, 31 (0:1). Netan Redmond, 45 (1:1). Maya Yoshida, 84 (2:1). Jeyms Uord-Prouz, 85 (3:1).

Gollar: Benik Afobe, 7 (0:1). Felipe Koutinyo, 40 (1:1). Divok Origi, 59 (2:1). Joshua King, 87 (2:2).

Gollar: Eden Azar, 10 (1:0). Serxio Aguero, 26 (1:1). Eden Azar, 35 (2:1).
Noaniq penalti: Eden Azar, 35 (Ch).

Опубликовано: admin (6-04-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют