» » Human xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan 2-jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Human xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan 2-jinoiy ish qo‘zg‘atildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Shohnur Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan 2019-yilning 11-dekabr kuni tasdiqlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi Shohnur Fayzullayevga tegishli bo‘lgan xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan.

Mavzuga doir: Human bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlandi

Shuningdek, “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘lari 11 ta xo‘jalik yurituvchi subyektga turli xil yo‘llar bilan ko‘chirish orqali o‘zlashtirilgani yuzasidan alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют