» » Andijonda ikkinchi xotin uchun sha’riy nikoh o‘qigan shaxs javobgarlikka tortildi

Andijonda ikkinchi xotin uchun sha’riy nikoh o‘qigan shaxs javobgarlikka tortildi


Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida ochiq sud majlisi o‘tkazildi. O‘tkazilgan ochiq sud majlisida A.B. tomonidan diniy marosimlar o‘tkazish qoidalari buzilganligi holati bo‘yicha ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.B. joriy yilning 28-oktabr kuni fuqarolar O‘.A. va O‘.M.ga Ulug‘nor tumani “Sariq-suv” MFY hududida sha’riy nikoh o‘qigan. O‘.A.ning qonuniy turmush o‘rtog‘i bo‘lsa-da, u O‘.M.ni ikkinchi xotin sifatida shar’iy nikohga olgan.

Sudda huquqbuzar, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib, dalillar o‘rganib chiqilgan.

Sud yakunida A.B. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismiga asosan (Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish) ayblov e’lon qilindi. Huquqbuzarning aybiga to‘liq iqror va pushaymonligi, besh nafar farzandi borligi inobatga olinib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasi qo‘llanib, unga 4,46 million so‘m jarima jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют