» » Navoiy va Toshkentga kuryerlik jo‘natmalari orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi

Navoiy va Toshkentga kuryerlik jo‘natmalari orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi


Davlat bojxona qo‘mitasining kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Navoiy viloyati va Toshkent shahri bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuryerlik jo‘natmalari tarzida yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilganligi fosh qilindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi kuryerlik firmalaridan birining nomiga xorijiy davlatdan yuborilgan 2,8 tonnadan ortiq og‘irlikdagi kuryerlik jo‘natmalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Ko‘rik natijasida hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan jo‘natmalardagi tovarlar o‘rtasida tafovut borligi aniqlangan. Ya’ni mazkur jo‘natmalarga tegishli 138 ta bojxona deklaratsiyalarida umumiy qiymati 650 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ko‘rsatilmagani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir:

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют