» » Putin barcha MDH mamlakatlarini terrorchilik hujumlarining ehtimoliy obyekti deb atadi

Putin barcha MDH mamlakatlarini terrorchilik hujumlarining ehtimoliy obyekti deb atadi


Sankt-Peterburg metrosidagi portlash terrorchilik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmayotganini, barcha MDH mamlakatlari terrorchilik hujumlarining potensial obyekti ekanligini tasdiqlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Ko‘ryapmizki, vaziyat, afsuski, yaxshilanmayapti. Bunga tasdiq bo‘la oladigan eng o‘rinli dalil — Sankt-Peterburgdagi fojiali hodisalar. Terrorchilik harakati natijasida odamlar halok bo‘ldi, jabrlanganlar ko‘p”, — dedi Putin MDH mamlakatlari xavfsizlik organlari rahbarlari bilan uchrashuvda.

“Biz bilamizki, mamlakatlarimizning har biri, deyarli har bittasi, terrorchilik hujumlarining ehtimoliy potensial obyekti hisoblanadi. Mamlakatlarimiz uchun boshqa tahdidlar ham ko‘p”, — dedi prezident.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют