» » AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi

AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi


Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronning kemada yuk tashuvchi IRISL Group kompaniyasi, uning Xitoydagi sho‘basi E-Sail Shipping Company Ltd, shuningdek Eronning Mahan Air aviakompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi, deb xabar berdi “Interfaks” AQSh davlat departamentiga asoslanib.

Xabarda aytilishicha, sanksiyalarni joriy etish uchun ularning “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish bilan bog‘liq” transport tashuvlarini amalga oshirgani asos bo‘lgan.

Bundan tashqari, davlat departamentidan ma’lum qilishlaricha, “Eronning qurollarini Yamanga olib kirishga yordam bergan” sakkizta Eron tuzilmalari ham sanksiya ta’siri ostiga tushgan.

Qayd etilishicha, Mahan Air va uning uchta savdo agentiga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalar darhol kuchga kiradi.

“IRISL va E-Sail Shipping Company’ga kelsak, AQSh davlat departamenti ‘Eronga insonparvarlik mahsulotlarini eksport qiluvchilarga muqobil yetkazib berish usullarini topish uchun yetarli vaqt taklif qiladi’” , — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют