» » YChL. 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. “Real” va “Chelsi” ikkinchi savatchadan o‘rin oldi

YChL. 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. “Real” va “Chelsi” ikkinchi savatchadan o‘rin oldi


Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi yakunlandi va 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘z guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar birinchi savatchadan o‘rin oldi. Bular: “Barselona”, “Bavariya”, “Yuventus”, “Leypsig”, “Liverpul”, “Manchester Siti», PSJ va “Valensiya”.

Ikkinchi o‘rin egalari esa ikkinchi savatchaga joylashtirildi: “Borussiya” Dortmund, “Chelsi”, “Lion”, “Napoli”, “Real Madrid”, “Atletiko”, “Tottenhem” va “Atalanta”.

Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga 16-dekabr, dushanba kuni qur’a tashlanadi. Qur’a shartlariga ko‘ra, 1/8 finalda bitta mamlakat vakillari va bir guruhda o‘ynaga jamoalar o‘zaro to‘qnash kelmaydi. Birinchi savatcha vakillari javob o‘yinini o‘z uyida o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют