» » “Jokonda”ni mashhur qilgan o‘g‘rilik. Da Vinchining shoh asari haqida qiziqarli faktlar

“Jokonda”ni mashhur qilgan o‘g‘rilik. Da Vinchining shoh asari haqida qiziqarli faktlar


Bundan 108 yil muqaddam Leonardo da Vinchning mashhur “Jokonda” (“Mona Liza”) kartinasi o‘g‘irlab ketilib, bir muddatdan so‘ng topilgan edi. Bu o‘g‘rilikning diqqatga sazovor jihati shuki, aynan u ko‘targan shov-shuv tufayli shu paytgacha top ekspert doirasiga ma’lum kartina olamshumul shuhratga erishdi.

Shu sana munosabati bilan “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov “Mona Liza” haqida hikoya qiladi.

Parij shahriga tashrif buyurgan har bir sayyoh albatta Luvr muzeyiga boradi. U yerda dunyoning eng mashhur surati, italiyalik rassom Leonardo da Vinchining “Jokonda” yoki “Mona Liza” kartinasini ko‘rmasdan qaytmaydi.

Luvr muzeyining Italiya rassomlari bo‘limida saqlanayotgan kartina hajmi 77x53 santimetrni tashkil etadi. Asar XVI asr boshlarida Leonardo da Vinchi tomonidan chizilgan. Unda florensiyalik boy savdogar Franchesko del Jiokondoning rafiqasi Florentina Liza Jerardini tasvirlangan. Asarning ikki nomi ayolning ismi va erining familiyasidan kelib chiqqan. Oradan besh yuz yil o‘tgan bo‘lsa hamki, asar san’at shinavandalari va mutaxassislarning katta qiziqishiga va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Quyida e’tiboringizga ushbu san’at durdonasi haqida siz bilmagan o‘nta faktni havola etamiz.

1. U Fransiyaning uchta hukmdori bilan birga “yashagan”

Da Vinchi asarini Italiyada boshlagan bo‘lsa ham, Fransiyada nihoyasiga yetkazgan. Kartina dastlab Fransua I ning Fontenblodagi saroyiga olib kelingan. Lui XIV uni Parijga, Luvr saroyiga keltirgan. 1690–1695-yillarda Lui XIV topshirig‘i bilan Versal saroyiga o‘tkazilgan “Mona Liza” 1801-yilda Nappleon tomonidan Tuelri saroyiga, Jozefinaning xonasiga olib kelingan. 1802-yilda esa Napoleon asarni Luvr muzeyiga sovg‘a qilgan. Shu tariqa Fransiya qirollari saroylarida “yashagan” “Mona Liza” nihoyat Luvr muzeyidan joy olgan.

2. U mato emas, yog‘ochga ishlangan

Da Vinchining shoh asari, ko‘pchilik o‘ylaganidek, matoga emas, terak taxtasiga chizilgan. U katta hajmdagi ishlarini ho‘l gipsga chizganini inobatga olsak, taxtaga chizish uning uchun g‘ayritabiiy hodisa emas.

Matoga chizish XIV asrdan urf bo‘la boshlaganiga qaramay, ko‘pchilik Uyg‘onish davri rassomlari kichik hajmli asarlarida yog‘ochni afzal ko‘rgan.

3. Luvr muzeyida uning o‘z xonasi bor

Luvr muzeyida 2003-yilda to‘rt yillik kapital ta’mirlash ishlari boshlandi. Ta’mirlash uchun 6,3 million dollar ajratildi. Ta’mirlash jarayonida “Jokonda”ga maxsus xona ajratildi.

Shishadan ishlangan xona tabiiy yorug‘lik bilan yoritiladi. Sinmaydigan shisha displey xonadagi haroratni 43 daraja ushlab turadi. Kichkina chiroq kartina ranglarini asl holatda ko‘rish imkonini beradi.

4. “Mona Liza” kozlarida da Vinchi

2010-yilda Italiya madaniy meros milliy qo‘mitasi xodimlari mikroskopik tekshiruv natijasida “Jokonda”ning o‘ng ko‘zida L.V. harflari yozilganligini aniqladi.

5. Jeki Kennedi uni mehmonga taklif qilgan

O‘tgan asrda AQShning birinchi xonimi Jeki Kennedi Fransiya hukumatidan kartinani AQShga “taklif qilishga” ruxsat so‘radi. Prezident de Gol bunga rozi bo‘ldi. Shundan keyin “Mona Liza” Vashingtondagi Milliy san’at galereyasi va Nyu-Yorkdagi “Metropoliten” muzeyida namoyish etildi.

6. Uni mashhur qilgan ogri

Asar san’at olamida doim mashhur bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, u faqatgina 1911-yilda o‘g‘irlab ketilganidan keyingina katta ommaga mashhur bo‘lib ketdi. Gazetalar butun dunyo bo‘ylab katta jinoyat haqida jar soldi. Ikki yildan keyin, asar muzeyga qaytarilgach, butun dunyo buni olqishladi.

7. Pikasso ogrilikda gumon qilingan

So‘roq davomida politsiya hatto mashhur dissident rassom Pablo Pikassoni o‘g‘rilikda yablab, so‘roq qildi. Hatto shoir Giyom Appoliner ham hibsga olindi. Bunga uning kartinani yoqib yuborish kerakligi haqidagi chaqiriqlari sabab bo‘ldi. Ammo ikkalasining ham aybi isbotlanmadi.

8. Oshiqlardan maktublar ham kelib turgan

Rasm Luvr muzeyiga kelgan kunidan boshlab unga sevgi maktublari va gullar kela boshlagan. Hatto uning maxsus pochta qutisi ham bo‘lgan.

9. Asar barchani ham oziga jalb eta olmagan

Da Vinchining shoh asari bir necha bor vandalizm qurboni bo‘ldi. Ayniqsa 1954-yili unga yomon keldi. Ikki hujum oqibatida kartinaga kislota sepib yuborildi; ikkinchi holatda tosh bilan hujum qilindi. Zarar oz, ammo sezilarli edi.

O‘q o‘tkazmaydigan oyna qo‘shilishi hujumlar shaklini o‘zgartirdi. 1974-yilda aerozol bo‘yoq, 2009-yilda esa qahva finjoni bilan hujumlar uyushtirildi.

10. Asar sotuvga qoyilishi mumkin emas

Fransiya mulkchilik qonuniga muvofiq, bu san’at durdonasi sotuvga qo‘yilishi mumkin emas. Luvr muzeyi kolleksiyasi sifatida “Mona Liza” jamoatchilik mulki hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют