» » Iguain sobiq klubi “Napoli”ga 2 ta gol urib, “Yuventus”ni Italiya kubogi finaliga olib chiqdi

Iguain sobiq klubi “Napoli”ga 2 ta gol urib, “Yuventus”ni Italiya kubogi finaliga olib chiqdi


Italiya kubogining finalida to‘p suradigan ikki jamoa nomiga ham oydinlik kiritildi.

Yarim finalning birinchi o‘yinida “Napoli” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan “Yuventus”, javob o‘yinida 2:3 hisobida yengildi va finalning “Latsio”dan keyingi ikkinchi ishtirokchisi bo‘ldi.

Neapoldagi o‘yinda “Napoli”ning argentinalik sobiq hujumchisi Gonsalo Iguain ikkita gol urishga erishdi. Garchi “Napoli” o‘yin yakuniga qadar g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa ham, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yurishiga yarim finalda yakun yasadi.

Bir kun avval Rimning “Roma” klubi ham “Latsio” ustidan 3:2 hisobida zafar quchganiga qaramay, final chiptasidan mosuvo bo‘lgandi.

Italiya kubogi
Yarim final
5-aprel, chorshanba

Gollar: Gonsalo Iguain, 32 (0:1). Marek Hamshik, 53 (1:1). Gonsalo Iguain, 59 (1:2). Dris Mertens, 62 (2:2). Lorenso Insinye, 67 (3:2).

Опубликовано: admin (6-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют