» » Toshkentda yangilangan BMT ekobog‘i ochildi

Toshkentda yangilangan BMT ekobog‘i ochildi


5-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida yangilangan BMT ekobog‘i ochildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bu yerda obodonlashtirish ishlarini olib bordi — endi Ekobog‘ hududini yo‘lakcha kesib o‘tadi, bundan tashqari, o‘rindiqlari bo‘lgan pavilion barpo etilgan.

Ekobog‘ endi tashrifchilarni BMTning barqaror rivojlanishdan ko‘zlangan 17 ta maqsadi va tegishli vazifalar haqida xabardor qiladi. Buning uchun yashil hududga axborot taxtalari o‘rnatilgan. Bu BMT tomonidan Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan bunday turdagi birinchi loyihadir.

2015-yilda bog‘ BMTning 70-yilligiga bag‘ishlab yaratilgan edi. BMTning 12 ta agentlik va dasturlarining 200 dan ziyod xodimlari Ekobog‘ga 370 dan ortiq daraxt ekkan.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют