» » Buxoroda Milliy gvardiya xodimi ziyoratchiga tibbiy yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoldi (video)

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi ziyoratchiga tibbiy yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoldi (video)


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Milliy gvardiya xodimi ziyoratga kelib, tobi qochgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Milliy gvardiya tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida joylashgan Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohi hududida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi O.Zikrillayev ziyoratga tashrif buyurgan fuqarolardan biri hushidan ketib yiqilganini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, u o‘z sherigiga tez yordamga xabar berishni tayinlab, zudlik bilan ushbu fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishgan.

Milliy gvardiya xodimining yordamida hushiga keltirilgan ziyoratchi tez tibbiy yordam yetib kelguniga qadar kuzatuvda bo‘lib, sog‘lig‘i yaxshilanganiga ishonch hosil qilingandan so‘ng kuzatib qo‘yilgan.

Tibbiy yordam ko‘rsatilishi vaqtida ushbu fuqaro Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi I.D. ekanligi aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют