» » Samarqandlik yigit “Odnoklassniki”da tanishgan qizini sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qildi

Samarqandlik yigit “Odnoklassniki”da tanishgan qizini sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qildi


“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida bir qiz bilan tanishib, u bilan uchrashib yurgan va keyinchalik qizni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan 1700 dollar talab qilgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Xabar berilishicha, 8-dekabr, yakshanba kuni 25 yoshli Oydinoy (ismi o‘zgartirilgan) Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, qiz 2019-yil avgust oyida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida 21 yoshli R.A. ismli shaxs bilan tanishib, u bilan uchrashib yurgan.

Ma’lum qilinishicha, R.A. qizni sharmanda qiluvchi ma’lumotlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1700 dollar miqdorida pul talab qilgan.

2019-yil 8-dekabr kuni soat 18:00 da Pastdarg‘om tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. so‘ralgan pullarning bir qismi, ya’ni 600 dollarni olayotganida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov jarayonida R.A.ga ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют