» » Moskvadan Farg‘ona va Namanganga uchgan samolyotlar noqulay ob-havo sababli Toshkentga qo‘ndirildi

Moskvadan Farg‘ona va Namanganga uchgan samolyotlar noqulay ob-havo sababli Toshkentga qo‘ndirildi


12-dekabr, payshanba kuni Namangan va Farg‘ona aeroportlarida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelishi sababli Red-Wings aviakompaniyasining Moskva—Namangan yo‘nalishida parvoz qilgan RWZ405 reysi mahalliy vaqt bilan soat 05:57 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airways’ning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 12-dekabr soat 16:00 holatiga ko‘ra, ushbu reysdagi 219 nafar yo‘lovchining 61 nafari Toshkent xalqaro aeroportida qolmoqda. Red-Wings aviakompaniyasi yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Farg‘ona va Namangan aeroportlarida ob-havo sharoitlari havo kemasining qo‘nishi uchun nomuvofiq bo‘lganligi sababli, Uzbekistan Airways’ning Moskva—Farg‘ona yo‘nalishida uchgan HY-628 reysi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndirilgan.

HY-628 Moskva—Farg‘ona va HY-669 Toshkent—Namangan reyslarining takroriy parvozlari 13-dekabr, juma kuni soat 09:00 ga rejalashtirilgan.

So‘nggi kunlarda ob-havo noqulayliklari sababli Uzbekistan Airways’ning bir qator reyslari kechiktirildi yoki bekor qilindi. Xususan, 7-dekabr, shanba kuni Londondan Toshkentga uchib kelgan HY-202 reysi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘na olmagan va samolyot qo‘mondoni Navoiy shahridagi zaxira aeroportiga favqulodda qo‘nishga qaror qilgan. Shu kuni Uzbekistan Airways’ning bir nechta xalqaro reysi Toshkentdagi noqulay ob-havo sababli kechiktirilgan.

8-dekabr, yakshanba kuni ham noqulay ob-havo sharoiti sababli, bir qator mahalliy reyslar kechiktirilgan va bekor qilingan edi.

9-dekabr, dushanba kuni esa Toshkentdan Namanganga uchishi kerak bo‘lgan samolyot ob-havoning yomonligi sababli Namangan aeroporti yopilishi oqibatida bir necha soat ucha olmadi. Reys yo‘lovchilaridan biri esa bundan jahli chiqib, bort kuzatuvchisiga tashlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют