» » Turkmanistonning Lebob viloyatida Yangi yil bayrami uchun budjet va davlat korxonalari xodimlaridan pul yig‘ilmoqda

Turkmanistonning Lebob viloyatida Yangi yil bayrami uchun budjet va davlat korxonalari xodimlaridan pul yig‘ilmoqda


Turkmanistonning Lebob viloyatida Yangi yil bayrami ikki kun — 30 va 31-dekabr kunlari nishonlanadi. Tantanalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida budjet va davlat tashkilotlari xodimlarining noyabrdagi maoshidan 30 manatdan ushlab qolinmoqda. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Ishchilarning pullari Turkmanoboddagi to‘rtta archani bezatish va boshqa bezaklar uchun ishlatiladi.

Korxonalar ishchilar maoshini banklarga oyning 16 va 17-sanalarida o‘tkazadi. Banklar belgilangan mablag‘ni individual hisob raqamlaridan yechib oladi.

Tashkilotlar rahbarlari xodimlarning to‘lovdan bosh tortishi davlat tadbirida qatnashishni inkor qilish deb baholashini bildirgan. Pul berishni istamaganlar ariza yozib ishdan bo‘shashi tavsiya qilingan.

Lebobdagi asosiy katta archa viloyat hokimligi binosi ro‘parasidagi Ruhiyat saroyi yaqinida o‘rnatiladi. 31-dekabr kuni soat 18:00 dan Yangi yil kirib kelguniga qadar rasmiy tabriklar yo‘llanadi. Ushbu marosimga har bir korxona yoki tashkilot muayyan guruhdagi xodimlarni yuborishi lozim.

Yana bir katta archa Sayidiy nomidagi drama teatri hovlisiga o‘rnatiladi. U yerdagi bayramlar 30-dekabrda soat 17:00 dan 22:00 gacha davom etadi. Tantanalarga budjet tashkilotlari xodimlari, talabalar va yuqori sinf o‘quvchilari jalb qilinadi.

Ushbu bayramlarda ishtirok etadigan ayollar qizil yoki moviy rangdagi milliy libosda bo‘lishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют