» » Toshkentda yoqtirgan yigitini “isitib” berish uchun pul va 33 mln so‘mlik taqinchoqlarni olgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda yoqtirgan yigitini “isitib” berish uchun pul va 33 mln so‘mlik taqinchoqlarni olgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Zilola A. murojaat qildi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

U o‘z arizasida unga bir yigitni “isitib” berishni va’da qilgan 20 yoshli Valentina S.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Valentina S. xizmatlari uchun Ziloladan 450.000 so‘m va umumiy qiymati 32.890.000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlar olgan. Ammo “sehrgar” va’dasini bajarmay, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют