» » “Lazgi” Insoniyat nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritildi

“Lazgi” Insoniyat nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritildi


Xorazmnng “Lazgi” raqsi Insoniyat nomoddiy merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston madaniy merosining tarkibiy qismi sifatida kiritildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Bu haqdagi qaror Kolumbiyaning Bogota shahrida 12-dekabr kuni UNESCOning nomoddiy merosni asrash hukumatlararo qo‘mitasi 14-sessiyasi davomida qabul qilingan.

O‘zbekistonning UNESCOdagi elchisi Umid Shodiyev boshchiligidagi delegatsiya tomonidan sessiya ishtirokchilari uchun “Lazgi” nominatsiyasi taqdimoti o‘tkazilgan.

Ushbu majlisda O‘zbekiston tomoni mazkur ro‘yxatga baxshichilik san’ati va etnik sport turlarini kiritish uchun ham harakat boshlanganini rasman ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar UNESCOning Insoniyat nomoddiy merosi reprezentativ ro‘yxatiga “Shashmaqom” va Boysun madaniy muhiti (2008), katta ashula (2009), askiya (2014), palov va Navro‘z bayrami (2016) kiritilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют