» » “Liverpul” Klopp bilan yangi shartnoma imzoladi

“Liverpul” Klopp bilan yangi shartnoma imzoladi


“Liverpul” futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan shartnoma uzaytirilganligini e’lon qildi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis Mersisayd klubida 2024-yilga qadar faoliyat olib boradi. Uning avvalgi shartnomasi 2020/21-yilgi mavsum so‘ngida yakuniga yetardi.

Qayd etish joiz, “Liverpul” Angliya Premyer Ligasida ayni damda 16-turdan so‘ng 46 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi “Lester” esa Klopp jamoasidan 8 ochko kam jamg‘argan.

Ma’lumot uchun, Klopp “Liverpul”ga 2015-yil oktabrida bosh murabbiy etib tayinlangan edi. O‘tgan mavsum “qizillar” uning qo‘l ostida Chempionlar Ligasida bosh sovringa ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют