» » Shavkat Mirziyoyev YXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev YXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabr, juma kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outramni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan YXHT va uning tuzilmalari o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda tashkilot bosh kotibi Tomas Gremingerning O‘zbekistonga tashrifi yakunida qabul qilingan YXHT bilan sheriklikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston tashkilotning Parlament Assambleyasidagi ishtirokini tikladi. YXHT O‘zbekistondagi parlament saylovlariga 1999-yildan buyon ilk bor to‘laqonli missiyani jo‘natdi.

Bugungi uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida batafsil fikr almashildi, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylov va boshqa sohalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

YXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda mamlakat YXHT bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kayetana de Zulueta O‘zbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida o‘tayotgani, shu sababli DIIHB saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют