» » Markaziy bank plastik kartalar va depozit hisobvaraqlarga mablag‘ qabul qilish tartibini eslatib o‘tdi

Markaziy bank plastik kartalar va depozit hisobvaraqlarga mablag‘ qabul qilish tartibini eslatib o‘tdi


O‘zbekiston Markaziy banki jismoniy shaxslardan o‘z mulkini (ko‘chmas mulk yoki avtomobil) sotishdan tushgan pul mablag‘larini, dividend yoki gonorarlarni o‘zlarining bank kartalari va depozit hisobvaraqlari orqali olish tartibi yuzasidan murojaatlarga javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, jismoniy shaxslar xususiy mulkini sotishdan tushgan pul mablag‘larini, shuningdek, dividendlar, ijodiy faoliyatidan olingan gonorarlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlarini o‘zlarining bank kartalari va depozit hisobvaraqlariga cheklovlarsiz olish huquqiga ega.

Mulk oldi-sotdi shartnomasini tuzishda, shuningdek, dividend va boshqa qonuniy to‘lovlarni olishda, to‘lovni amalga oshiruvchi tomonga mablag‘ oluvchining bank kartasi yoki depozit hisobvarag‘ining bank rekvizitlarini taqdim etish zarur, ularni xizmat ko‘rsatuvchi bankdan olish mumkin.

Banklarning mobil ilovalaridan yoki to‘lov tashkilotlarining (Payme, Click, Paynet va boshqalar) xizmatlaridan foydalanganda, to‘lovchiga mablag‘ oluvchining bank kartasi raqamini berishning o‘zi kifoya.

Agar bank kartasi SMS orqali xabar berish xizmatiga ulangan bo‘lsa, u holda bank kartasi egasi mobil telefon orqali SMS-xabarnoma yoki Telegram bot orqali uning bank kartasiga mablag‘ tushganligi haqida ma’lumot olishi mumkin.

Qayd etilishicha, banklar jismoniy shaxslarning bank kartalari yoki depozit hisobvaraqlariga mablag‘larni kirim qilganligi uchun vositachilik haqi undirishga haqli emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют