» » Toshkentda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan media-forum bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan media-forum bo‘lib o‘tdi


13-dekabr, juma kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar” mavzusida xalqaro media-forum o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Tadbir BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va oshkora boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa qator vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur tadbirda bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Bosh prokuror o‘rinbosari o‘z nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda besh yillik rivojlanish Strategiyasi asosida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini qonunchilik va institutsional darajada oshirish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rilganligini qayd etib o‘tdi.

Bundan tashqari, Erkin Yo‘ldoshev o‘z nutqida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi sifatida Bosh prokuratura tomonidan bu borada muhim islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi monitoringning to‘rtinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, xalqaro ekspertlar O‘zbekiston ushbu tashkilotning avvalgi barcha tavsiyalari bo‘yicha yutuqlarga erishganligini e’tirof etgan.

Forumda ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining veb-sayti, fuqarolarga korrupsiya faktlari to‘g‘risida davlat organlarini xabardor qilish imkonini beruvchi mobil ilova, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni monitoring qilish va baholash bo‘yicha elektron axborot tizimi ishga tushirilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Forum yakunida ishtirokchilar tomonidan respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklari himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi, bu borada xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют