» » Tanzila Norboyeva “Daryo” fotomuxbirini “Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot” bilan taqdirladi

Tanzila Norboyeva “Daryo” fotomuxbirini “Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot” bilan taqdirladi


Oliy Majlis Senatida “Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati va Tanlov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Mazkur tanlov jurnalist va blogerlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘lib, mamlakatning barcha hududlarini qamrab oldi. Jumladan, tanlovda oltita nominatsiya bo‘yicha O‘zbekiston hamda chet el ommaviy axborot vositalarining 50 nafarga yaqin jurnalistlari va blogerlar tomonidan qariyb 500 ta ijodiy ishlar taqdim etildi.

Matbuot, televideniye, radio, internet nashrlari xodimlari (jurnalist, fotojurnalist), shuningdek, blogerlar tomonidan “Senatorning bir kuni”, “Senatning xalqaro faoliyati”, “Senator so‘rovi natijalari”, “Senat aralashuvi bilan hal bo‘lgan masalalar”, “Senat faoliyatidan yorqin misollar” kabi mavzularda reportaj, fotoreportaj, ocherk, teleocherk, radioocherk, tahliliy maqola, jurnalistik surishtiruv, teleko‘rsatuv, radioeshittirish kabi turli janrlarda taqdim etilgan materiallarni o‘rganish va belgilangan tartibda baholash asosida quyidagi jurnalist va blogerlar tanlov nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva tanlov g‘oliblariga Oliy Majlis Senatining medali, 1, 2, va 3-darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Yil davomida Oliy Majlis Senati faoliyatini tezkor, xolisona va keng yoritib kelayotgan “O‘zbekiston 24” teleradiokanali jamoasiga minnatdorlik bildirilib, “Eng yaxshi hamkor ommaviy axborot vositasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (televideniye):

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (radio):

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (matbuot):

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (internet nashrlari):

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (fotojurnalistika):

Eng yaxshi jurnalistik material uchun mukofot (blogerlar):



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют