» » O‘zganing plastik kartasidan 6 mln so‘m o‘margan 18 yoshli sirdaryolik yigit qo‘lga olindi

O‘zganing plastik kartasidan 6 mln so‘m o‘margan 18 yoshli sirdaryolik yigit qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB o‘zganing plastik kartasidan 6 million so‘m yechib olgan firibgarni qo‘lga oldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBBga Yunusobod tumanida yashovchi Olimjon ismli fuqaro murojaat qilib, avgust oyida uning Telegram raqamiga notanish insondan xabar kelganini bildirgan. Unda ta’kidlanishicha, Olimjon Click mobil banking tizimi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, yuz ming so‘m yutib olgan. Notanish inson pulni plastik kartaga o‘tkazib berishini, buning uchun plastik raqami va SMS orqali yuborilgan kodni aytishini so‘ragan. Olimjon hech narsadan shubha qilmay, barchasini aytgan va plastik kartasidagi 6 million so‘midan ayrilgan.

Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida Olimjonning plastik kartasidagi pullar 17 yoshli U.Z. ismli yigitning plastik kartasiga o‘tkazilgani aniqlangan. Asli qashqadaryolik bo‘lgan U.Z. hozirda respublikadagi OTMlardan birida tahsil oladi. Uning aytishicha, avgust oyida Telegram orqali noma’lum shaxs Telegram’dagi “Noyobbek”, “Aforizmlar” va “Yangiliklar” kanallariga obunachilarni ma’lum mablag‘ evaziga qo‘shishni so‘ragan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, bajarilgan ish uchun U.Z.ning plastik kartasiga 6 million so‘m kelib tushgan.

O‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida yuqorida nomi tilga olingan Telegram kanallar Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 18 yoshli Javohirga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Javohir joriy yil noyabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida firibgarlik ishi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Bu vaqtda u hali voyaga yetmagan bo‘lgani sabab sud unga bir yil shartli sinov muddatini belgilagan.

Hozirda Javohirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi jabrlanuvchining pullarini to‘liq qaytargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют