» » Aurus prezident limuzinlarini seriyali ishlab chiqarish 2021-yilga qoldirildi

Aurus prezident limuzinlarini seriyali ishlab chiqarish 2021-yilga qoldirildi


Tataristonning Yelabuga shahridagi “Sollers” avtomobil zavodida 2021-yilning birinchi choragida Rossiyaning Aurus avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturovga zavodda namoyish etilgan taqdimotda ma’lum qilingan. Unda aytilishicha, zavodda Aurus avtomobillarining birinchi tajribaviy partiyasini ishlab chiqarish 2020-yilning noyabriga mo‘ljallangan.

Denis Manturov 2019-yilning avgust oyida Yelabugada Aurus avtomobillari seriyali ishlab chiqirish 2020-yildan boshlanishini aytgandi.

“Sollers” zavodi ushbu avtomobildan 2020-yilda 28 dona, 2021-yilda esa 360 dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Undan keyingi yillarda ishlab chiqariluvchi avtomobillar soni ortib boradi va rejaga ko‘ra 2024-yilga kelib 5 274 donaga yetadi.

Iyul oyida Denis Manturov Aurus avtomobili narxi tijoriy buyurtmachilar uchun taxminan 18 million rubl bo‘lishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют