» » GM bosh direktori qatorasiga ikkinchi yil tarmoqning eng yuqori haq to‘lanadigan rahbari deb topildi

GM bosh direktori qatorasiga ikkinchi yil tarmoqning eng yuqori haq to‘lanadigan rahbari deb topildi


Yirik avtokonsernni boshqargan ilk ayol — General Motors bosh direktori Meri Barra qatorasiga ikkinchi yil tarmoqning eng yuqori haq to‘lanadigan rahbari sifatida e’tirof etildi. U 2016-yilda 22,6 million dollar ishlab topdi, deya xabar beradi “Motor”.

Reytingning ikkinchi qatorini Ford rahbari Mark Filds (22,1 million dollar) egalladi. Uchinchi o‘rinda 9, 9 million yevro bilan FCA yetakchisi Serjio Markionne qayd etildi (10,6 million dollar atrofida). 

“Dizel mojarosi”dan so‘ng endi o‘ziga kelayotgan Volkswagen bosh direktori Mattias Myuller 7,3 million yevro (salkam 7,8 milliona dollar) bilan to‘rtinchi o‘rinni band etdi. 

Tarmoqdagi eng kam haq to‘lanadigan rahbar Tesla Motors yetakchisi Ilon Mask hisoblanadi. Kompaniya oxirgi bor uning maoshi haqida oshkora ma’lumot bergan 2015-yil yakuni bo‘yicha unga 38 ming dollardan kamroq ish haqi to‘langan. 

Shu bilan birga, Tesla Motors’ning, taxminan, 10 milliard dollar baholanadigan 33,6 million dona aksiyasi Maskka tegishli. Bu esa uni dunyodagi eng badavlat avtomobil kompaniyasi rahbariga aylantiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют