» » Yevroparlament Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish shartlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

Yevroparlament Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish shartlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi


Yevroparlamentning aksariyat deputatlari (516 kishi) Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish shartlari bo‘yicha rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi. 

Hujjat qabul qilinishiga 133 deputat qarshi chiqdi, 50 kishi betaraf qoldi.

Rezolyutsiyaga London va Bryussel o‘rtasidagi Brexit bo‘yicha bo‘lajak muzokaralar yo‘nalishini belgilab beruvchi qator masalalar kiritilgan. Jumladan, muzokaralar shaffofligi ta’minlanishi zarurligi belgilangan.

Buyuk Britaniya tuzilmadan chiqqunga qadar Yevroittifoqqa a’zo davlatning barcha huquqlaridan foydalanishi mumkinligi bildirilgan.

Shu bilan birga, London o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar, xususan, Yevroittifoqning uzoq muddatli budjetidan kelib chiquvchi moliyaviy majburiyatlarini ham bajarishi lozim. Ular hatto mamlakat tuzilmadan chiqqan taqdirda ham zimmasidan soqit bo‘lmasligi mumkinligi ta’kidlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют