» » Vladimir Zelenskiy: Rossiya Qrimni qaytarsa, Putin bilan yana 100 marta qo‘l berishib ko‘rishishga tayyorman

Vladimir Zelenskiy: Rossiya Qrimni qaytarsa, Putin bilan yana 100 marta qo‘l berishib ko‘rishishga tayyorman


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mahalliy televideniyedagi tok-shouda Parijda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan qo‘l berish ko‘rishganiga izoh berdi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

“Ha, men Parijda Putin bilan qo‘l berib so‘rashdim. Busiz qanday muloqotni boshlash mumkin? Agar ertaga Donbassni qaytarib berishsa, yana 10 marta qo‘lini siqishim turgan gap. Qrimni qaytarishsa, bu esa albatta qachondir ro‘y beradi, yana 100 marotaba”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbariga ko‘ra, Putin murakkab odam, ammo uchrashuv davomida unga ko‘p narsa ayon bo‘lgan.

“8 soat davomida yuzma-yuz o‘tirib, kelishib olishimiz mumkinligi haqidagi xulosaga keldim. Bu tezda amalga oshmaydi, ammo qachondir ro‘y beradi. Men Minsk kelishuvlarini imzolamaganman, ammo prezident sifatida ularni bajarishim shart. Donbassda hech qanday qirg‘in bo‘lmaydi. Putin nega Srebrenitsa haqida gapirganini bilmayman, biroq biz boshqa davlatmiz, bizda eng muhimi — inson hayoti”, — ta’kidladi Zelenskiy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют