» » “Chelsi” yangi darvozabon sotib oladi. Buni shaxsan Lempard xohlamoqda

“Chelsi” yangi darvozabon sotib oladi. Buni shaxsan Lempard xohlamoqda


Londonning “Chelsi” klubi 2020/21-yilgi mavsumni yangi darvozabon bilan boshlash niyatida, deb yozmoqda Bleacher Report.

Klubga yaqin manbaning ta’kidlashicha, yangi darvozabon olib kelinishini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard xohlamoqda. Boisi, Lempard jamoaning ayni damdagi posboni Kepaning klubdagi o‘rnidan xursand emas. Shu sababdan, murabbiy yangi posbon xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda.

Qayd etish joiz, Kepa Arrisabalaga futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon hisoblanadi. “Chelsi” ispaniyalik uchun 2018-yil yozida Bilbaoning “Atletik” klubiga 80 million yevro to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, Kepa o‘tgan mavsum “Chelsi”ning o‘sha vaqtdagi ustozi Mauritsio Sarri bilan ham tortishib qolgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют