» » “Liverpul” rekord o‘rnatishda davom etmoqda

“Liverpul” rekord o‘rnatishda davom etmoqda


Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” jamoasi Angliya Premyer Ligasining 17-turi doirasida “Uotford”dan 2:0 hisobida ustun keldi.

“Liverpul” Angliya chempionati doirasida 34 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Bu orqali klub o‘z rekordini yangilashda davom etmoqda. “Qizillar” 34 ta o‘yindan 5 tasida durang qayd etib, 29 tasida g‘alaba qozondi.

Klubning avvalgi rekordi esa 1987-yil mayidan boshlanib, 1988-yilning martiga qadar davom etgan. Va o‘shanda jamoa 31 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan (23 ta g‘alaba, 8 ta durang).

Joriy mavsum esa klub APLda 17 ta o‘yindan 16 tasida g‘alaba qozondi, atigi bitta o‘yinda durang qayd etdi.

“Liverpul” so‘nggi bor APL doirasida 2019-yil yanvarida (o‘tgan mavsum) safarda “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida yutqazgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют