» » A Seriya. “Inter” mehmonda “Fiorentina”ni yuta olmadi, “Roma”da esa g‘alaba

A Seriya. “Inter” mehmonda “Fiorentina”ni yuta olmadi, “Roma”da esa g‘alaba


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turi doirasida 15-dekabr, yakshanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Paulu Fonseka qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida SPALni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa hujumchisi Andrea Petanya (44, penalti) tomonidan urilgan golga rimliklar Lorenso Pellegrini (53), Diyego Perotti (66, penalti) hamda Genrix Mxitaryan (83)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Rim klubi o‘z uyida kechgan bahsda SPAL ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Roma” ochkolari sonini 32 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. So‘nggi o‘rindagi SPAL hisobida esa 9 ochko mavjud.

Shu kuni Antonio Konte boshqaruvidagi Milanning “Inter” jamoasi esa safarda “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv 8-daqiqasida “neradzurrilar” yarim himoyachisi Borxa Valero hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Dushan Vlaxovich hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa “Inter” mehmonda “Fiorentina” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va 1 ochkoga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Milan klubi 39 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Fiorentina” esa 17 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olib turibdi.

A Seriya

16-tur bahslari

15-dekabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 44, penalti Petanya, 1:1 — 53 Pellegrini, 2:1 — 66, penalti Perotti, 3:1 — 83 Mxitaryan

Gollar: 0:1 — 8 Valero, 1:1 — 90 Vlaxovich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют