» » Muhammad Saloh “Liverpul” safida gol urish bo‘yicha Luis Suaresdan o‘zib ketdi

Muhammad Saloh “Liverpul” safida gol urish bo‘yicha Luis Suaresdan o‘zib ketdi


“Liverpul” futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 17-turi doirasida “Uotford”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Qizillar” safidagi ikkala golga ham Muhammad Saloh mualliflik qildi. Bu misrlik 27 yoshli hujumchi uchun “Liverpul” safidagi 83 hamda 84-goli bo‘ldi. Saloh bu gollarni urishi uchun 126 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Natijada Saloh jamoaning sobiq hujumchisi Luis Suaresni gollar soni bo‘yicha ortda qoldirdi. Ayni damda “Barselona” safida to‘p surayotgan Suares “qizillar” tarkibida 133 ta o‘yinda 82 ta gol urgandi.

Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh joriy mavsum Angliya Premyer Ligasi doirasida 14 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют