» » Niderlandiya razvedka xizmati Rossiyani saylov natijalariga ta’sir qilishga urinishda aybladi

Niderlandiya razvedka xizmati Rossiyani saylov natijalariga ta’sir qilishga urinishda aybladi


Niderlandiya razvedkasining yillik hisobotiga ko‘ra, Rossiya mart oyida Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan saylov natijasiga yolg‘on xabarlar tarqatib ta’sir qilishga uringan. Bu haqda Politico nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Niderlandiya razvedka xizmati boshlig‘i Rob Bertol “Moskva saylov jarayonlariga sezilarli darajada ta’sir qila olmadi”, deya ma’lum qildi.

“Menimcha ular voqelikka bog‘liq bo‘lmagan xabarlar tarqatib saylovchilarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlamoqchi bo‘lgan”, — deydi Bertol.

Hisobotda Rossiya tomonidan Niderlandiya hamda Yevropaga bo‘lgan tahdid o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi, Rossiya o‘zining siyosiy doirasini o‘rnatish uchun “sovuq urush” usullarni qo‘llashdan qo‘rqmayotganligi keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni Niderlandiyada saylov qo‘mitasi parlament saylovi natijalarini rasman ma’lum qilgan edi. Unda bosh vazir Mark Ryutte boshchiligidagi “Ozodlik va demokratiya xalq partiyasi” g‘olib chiqqan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют