» » Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga bugun qur’a tashlanadi

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga bugun qur’a tashlanadi


UEFA qarorgohida 16-dekabr, dushanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi va Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichiga qur’a tashlanadi.

Avvalroq Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olgan 16 jamoa nomi ma’lum bo‘lgandi. O‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar birinchi savatchadan o‘rin oladi, ikkinchi pog‘ona egalari esa ikkinchi savatchadan joy olgan.

Birinchi savatcha: “Barselona”, “Bavariya”, “Yuventus”, “Leypsig”, “Liverpul”, “Manchester Siti», PSJ va “Valensiya”.

Ikkinchi savatcha: “Borussiya” Dortmund, “Chelsi”, “Lion”, “Napoli”, “Real Madrid”, “Atletiko”, “Tottenhem” va “Atalanta”.

Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichida guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar hamda Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etadi. Ular ikki guruhga ajratilgan.

Saralanganlar: “Manchester Yunayted”, “Inter”, “Arsenal”, “Benfika”, “Ayaks”, “Portu”, “Sevilya”, “Malmyo”, “Bazel”, LASK, “Seltik”, “Espanyol”, “Gent”, “Istanbul Bashakshexir”, “Braga” va “Zalsburg”.

Saralanmaganlar: “Bryugge”, “Olimpiakos”, “Shaxtyor”, “Bayer”, APOEL, “Kopengagen”, “Xetafe”, “Sporting”, ChFR, “Ayntraxt”, “Glazgo Reynjers”, “Ludogorets”, “Volfsburg”, “Roma”, “Vulverhempton” va AZ Alkmar.

Qur’a tashlash marosimi 16-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. Qur’a shartlariga ko‘ra, bitta mamlakat vakillari va bir guruhda o‘ynagan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelmaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют