» » Chempionlar Ligasining guruh bosqichi ramziy terma jamoasi ma’lum bo‘ldi

Chempionlar Ligasining guruh bosqichi ramziy terma jamoasi ma’lum bo‘ldi


UEFA matbuot xizmati Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi ramziy terma jamoasini ma’lum qildi.

Mazkur ramziy jamoadan uch nafar PSJ vakili o‘rin oldi. Qiziq tomoni guruhda uchinchi o‘rinni olib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqa olmagan “Ayaks”dan ikki futbolchi ramziy terma jamoaga kiritilgan. Guruhda yuz foizlik natija qayd etgan “Bavariya”dan esa bir nafar o‘yinchi olingan.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ramziy (fentezi) terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Keylor Navas (PSJ);

Himoyachilar: Xuan Bernat (PSJ), Nikolas Talyafiko (“Ayaks”), Ashraf Hakimi (“Borussiya D”);

Yarim himoyachilar: Rahim Sterling (“Manchester Siti”), Son Hyon Min (“Tottenhem”), Hakim Ziyosh (“Ayaks”), Muhammad Saloh (“Liverpul”);

Hujumchilar: Erling Holand (“Zalsburg”), Kilian Mbappe (PSJ), Robert Levandovski (“Bavariya”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют