» » Keraksiz axlat million-million boylik bo‘lib chiqqan 8 ta voqea (foto)

Keraksiz axlat million-million boylik bo‘lib chiqqan 8 ta voqea (foto)


AdMe odamlar keraksiz axlat deb hisoblagan buyumlar aslida qimmatbaho bo‘lib chiqib, ularning bahuzur kelajagini ta’minlaganligi haqidagi voqealarni to‘pladi.

Angliyalik oddiy yigit 1945-yilda o‘z bobosidan allaqanday metall krujkani sovg‘a sifatida olgan, bolaligida undan pnevmatik miltiqdan otishda nishon sifatida foydalangan, keyin esa u yillar davomida karavot ostida chang bosib yotgan. Aslida esa u 2300 yil avval Forsiyada sof oltindan yasalgan qadah bo‘lib chiqdi.

Yaqinda sotib olingan uy devorlarini buzish chog‘ida minnesotalik quruvchi Devid Gonsalez qog‘oz va gazetalar uyumi orasidan 1938-yilgi komiksni topib oldi. Ushbu nashrda birinchi marta Supermen paydo bo‘lishi sababli, u qadrlanadi. Komiks to‘zg‘igan holatda bo‘lgani uchun uni 175 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu komiksning eng qimmat nusxasi esa 2014-yilda 3,2 million dollarga sotilgan.

Robin Darvel kimoshdi savdosida san’atga aloqador mayda-chuydalar bo‘lgan qutini 46 dollarga sotib oldi. Unda otkritka kattaligidagi qishloq manzarasi aks etgan kartina ham bor edi. U o‘n yil davomida bir burchakda chang bosib yotdi. Uning o‘g‘li ko‘p yillardan so‘ng otkritkaning orqa tomonida g‘alati imzo borligini ko‘rib qoldi va u Britaniyaning eng qimmat rassomlaridan biri — Jon Konsteblning mo‘yqalamiga mansubligini aniqladi.

Ummonlik uch baliqchi badbo‘y hidli jismni tutishdi, tekshiruvdan so‘ng u 80 kilogrammlik anbar bo‘lagi ekanligi ma’lum bo‘ldi. U kitlar organizmi faoliyatining chiqindisi bo‘lib, parfyumeriyada hidni mustahkamlashda foydalaniladi. Sifatiga qarab, anbarning 1 grammi 35 dollargacha bo‘lishi mumkin.

1999-yilda Avstraliyada konchi Bobbi pensiyaga chiqishidan bir kun oldin qimmatbaho tosh topilib qolar degan umidda bir chelak chag‘irtoshlarni uyiga olib ketdi. Toshlardan birida u ko‘k rang jilosini payqab qoldi va ikki yil davomida uni tarashlash bilan shug‘ullandi. 14 yildan so‘ng tosh sotuvga qo‘yildi, hozirda u 3 million dollarga baholanmoqda.

1989-yilda pensilvaniyalik erkak eski-tuskilar bozoridan kartinali kichik romni sotib oldi. Uyga kelib, romni ochganida bir hujjatni topib oldi, u 1776-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasining nusxasi bo‘lib chiqdi. Erkak 1991-yilda nusxani 2,4 million dollarga sotdi, 2000-yilda esa u 8,1 million dollarga qayta sotildi.

Guldonni uyni tozalash vaqtida topib olishdi, ekspert uni XVIII asrda tayyorlangan noyob Xitoy buyumi deb topdi. 2010-yil noyabrida u 83 million dollarga sotildi.

1938-yilda 12 yoshli Roy Spenser ismli bola tepalik yonbag‘ridan to‘q kulrang toshni topib olib, o‘zining konchi otasiga keltirib berdi. Janob Spenser topilmani qora kristall deb o‘yladi va 9 yil davomida toshdan eshik tambasi sifatida foydalanishdi. So‘ng los-anjeleslik taniqli zargarlar, aka-uka Kazanjyanlar toshni 18 ming dollarga sotib olishdi. Shundan buyon yoqut bir necha marta olib-sotildi, hozirda esa u 88 million dollarga baholanmoqda.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют