» » Nilufar Usmonova: Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim bilan tarixda qolsam kerak

Nilufar Usmonova: Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim bilan tarixda qolsam kerak


Bugun xonanda Nilufar Usmonova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Xonanda bugun 30 yoshni qarshi oldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

6-aprel sanasi kirib kelishi bilan xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasiga minnatdorchilik so‘zlari bitilgan post yozib qoldirdi.

“Bu dunyoga kimlar kelar, kimlar ketar, ammo hamma-hammaga ham tarixda qolish nasib qilavermaydi, lekin Ollohga ming shukrlar bo‘lsinki, yaqingina o‘tmishda taqdir meni tug‘ilishim bilanoq tarixga muhrladi. Bu ham bo‘lsa onam tufayli! Tarixda san’atim zo‘r yoki iste’dodim bo‘lgani uchun emas, aynan Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim uchun qolsam kerak, deb o‘ylayman.

Aziz onajonim, meni dunyoga keltirganingiz uchun, menga oq sut berganingiz uchun, o‘z paytida qattiqqo‘lik qilib, mehringizni ham ayamaganingiz uchun Sizga adoqsiz rahmat! To tirik ekanman men sizning o‘sha jajjigina Nilufaringiz bo‘lib qolaman. Taqdirimda boringizga, yashashni o‘rgatganingizga tashakkur. Doim sizni sevib, mehringizdan quvvat olguvchi qizingiz Nilu…”

Xonandani birinchi bo‘lib tabriklagan uning turmush o‘rtog‘i bo‘ldi. “Sevimli insoning birinchi bo‘lib tabriklaganda ajoyib hislarni tuyasan…”, — deb yozadi Nilufar Usmonova.

Nilufar Usmonova bundan roppa-rosa bir oy oldin to‘rtinchi bor ona bo‘lgan edi. U to‘rtinchi farzandi, qizi Sa’diyani dunyoga keltirdi, ertaga qizi 1 oylik bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют