WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Sirdaryoda qariyb 34 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalar musodara qilindi
Sirdaryoda qariyb 34 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalar musodara qilindi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tadbir davomida fuqaro R.I. boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 33,6 million so‘mlik 171 dona biofaol moddalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?