» » Qo‘yliqdagi metro qurilishi ishlari sababli bir nechta avtobus harakatiga o‘zgartirish kiritiladi

Qo‘yliqdagi metro qurilishi ishlari sababli bir nechta avtobus harakatiga o‘zgartirish kiritiladi


Toshkent metropolitenining Qo‘yliq yo‘nalishida qurilish ishlari olib borilayotganligini sababli Toshkent halqa avtomobil yo‘li, Bektemir yo‘li, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida transport harakati 16-dekabrdan 20-dekabrga qadar cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Mazkur cheklov sababli, bir qator avtobuslarning harakat yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritiladi.

Shu jumladan, 15, 81, 93-sonli avtobuslar harakati “Qo‘yliq 1-mavzesi” AShBdan boshlanib, Qo‘yliq 1-mavzesi orqali THAY ko‘chasidan “Qo‘yliq buyum bozori”gacha boradi. Shundan so‘ng mazkur avtobuslar “Qo‘yliq buyum bozori”dan keyingi birinchi burilishdan orqaga burilib oladi va THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali harakatini davom ettiradi. Qaytish yo‘nalishidagi harakat esa Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi ko‘chalari orqali “Qo‘yliq 1-mavzesi” AShBgacha tashkil etiladi.

99, 110-sonli avtobuslar Husayn Boyqaro ko‘chasidan harakatni boshlab, Bektemir yo‘li, Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalari orqali “Qo‘yliq buyum bozori”gacha keladi, bozordan keyingi birinchi burilishdan orqaga burilib oladi, keyin esa THAY ko‘chasidan harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi. Qaytish yo‘nalishida esa mazkur avtobuslar THAYdagi “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatidan harakatlanib, “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga qayrilib oladi hamda THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li, Bektemir yo‘li ko‘chalari orqali harakatini davom ettiradi.

45-sonli avtobus yo‘nalishi o‘z harakatini Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan boshlab, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalari orqali “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatigacha keladi. Qaytish yo‘nalishida esa THAY ko‘chasi va “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga burilib oladi hamda THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalaridan harakatini davom ettiradi.

13T-sonli avtobus o‘z harakatini qaytish yo‘nalishida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Bektemir yo‘li, Husayn Boyqaro ko‘chalari orqali THAYdagi “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatiga kirmasdan tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют