» » Angrenda 2 bosh qo‘y uchun 2,9 mln so‘m qalbaki pul bergan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Angrenda 2 bosh qo‘y uchun 2,9 mln so‘m qalbaki pul bergan shaxslarga jinoyat ishi ochildi


Angrenda 2 bosh qo‘y uchun 2,9 million so‘m miqdorida qalbaki pul bergan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati xabar bergan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, shahardagi mol bozorida ikki nafar noma’lum shaxs fuqaro E.A.ni aldab, 2 bosh qo‘yini 2,9 million so‘mga xarid qilishga kelishib, unga 1 dona 100 ming so‘mlik va 57 dona 50 ming so‘mlik qalbaki pullarni o‘tkazib, firibgarlik qilgani aniqlangan.

Mavzuga doir: 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют