» » Komil Allamjonov: mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi (video)

Komil Allamjonov: mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi (video)


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov Telegram’dagi rasmiy kanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan qaror imzolagan va hujjatda agentlik zimmasiga muhim vazifalar yuklatilganini ta’kidladi.

Hujjatda agentligimiz zimmasiga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Xususan:

— tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi;

— sud tizimida shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida jurnalistlar va fuqarolarning ochiq sud majlislarida ishtirok etishi, sudlarning veb-saytlari va matbuot kotiblari ishini yaxshi tashkil qilish bo‘yicha Oliy sud Plenumining qarori qabul qilinadi;

— hamon og‘ir ahvolda qolayotgan bosma nashrlar borasida — davlat organlari muassis bo‘lgan bosma OAVni kuchaytirish, tahririyat xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash hamda bosma nashrlar veb-saytlarini rivojlantirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

— “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqiladi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi. Shu jumladan, tele va radiostansiyalarga litsenziya berish jarayoni soddalashtiriladi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi;

— O‘zbekistondagi barcha davlat organlari faoliyatining ochiqligini, ularning OAV bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ishlab chiqamiz.

Ushbu qaror mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash yo‘lidagi, ularni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim va dadil qadam bo‘ladi. Bu asnoda agentligimiz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanadi.

Komil Allamjonov, AOKA bosh direktori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют