» » Amazon rahbari eltuvchi raketani yaratishga har yili 1 mlrd dollardan sarflashni rejalashtirmoqda

Amazon rahbari eltuvchi raketani yaratishga har yili 1 mlrd dollardan sarflashni rejalashtirmoqda


Amazon asoschisi va Blue Origin aerokosmik kompaniyasi rahbari Jeff Bezos o‘zining eltuvchi raketasini yaratish uchun har yili 1 milliard dollarlik aksiyalarni sotishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi TJournal. Shu bilan birga u butun ishlanmani 2,5 milliard dollarga baholadi.

Bezosning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining ikkinchi kompaniyasi Blue Origin’ni o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydigan qilish uchun Amazon aksiyalarini sotadi. Uning ta’kidlashicha, raketani uchuvchilar va muhandislar bilan birgalikda sinash ishlari eng ertasi bilan 2018-yilda boshlanadi.

Amazon rahbari koinotga parvozlarni arzonroq qilib, “millionlab kishilarga Yerda emas (koinotda) yashash va ishlash” uchun imkoniyat yaratish niyatida ekanligini aytdi. Ayni paytda Bezos Blue Origin’ning 11 daqiqalik parvozini doimiy qilishni rejalashtirmoqda. U olti yo‘lovchiga Yerni 100 km balandlikdan ko‘rsatish imkonini beradi.

Shuningdek, Bezos koinotga kemalar va sun’iy yo‘ldoshlarni yetkaza oladigan New Glenn og‘ir eltuvchi raketasini qurish rejalarini ma’lum qildi. U o‘z g‘oyasi Elon Mask sinovlari va SpaceX bilan o‘xshash ekanligini tan oldi, biroq ularning “muhandislik yondashuvlari” farqlanishini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют