» » Puxta va aniq maqsadli say-harakatlaroziq-ovqat xavfsizligini taminlash,eksport salohiyatini oshirishga mustahkam zamin yaratmoqda

Puxta va aniq maqsadli say-harakatlaroziq-ovqat xavfsizligini taminlash,eksport salohiyatini oshirishga mustahkam zamin yaratmoqda


2017 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda uni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, aholiga qishloq xojaligi mahsulotlari hamda istemol tovarlarini uzluksiz yetkazib berish, ichki bozorda narx-navolar suniy kotarilishining oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Oziq-ovqat xavfsizligi kop jihatdan qishloq xojaligi rivoji bilan uzviy bogliq. Biroq, shunday bolsa-da, aholini kundalik istemol mahsulotlari bilan barqaror taminlashda minglab tashkilot va ishlab chiqarish quvvatlari ham hal qiluvchi orin tutadi.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatda 10 mingga yaqin oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat korsatayotgan bolib, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 18 foizdan koproqni tashkil qiladi. Bunda oziq-ovqat bozorining asosiy ishtirokchilari bolgan Ozbekoziqovqatxolding, Ozdonmahsulot, Ozvinosanoat-xolding kompaniyalari, shuningdek, xususiy ishlab chiqarish subektlarining salmoqli hissasi bor.

Aytish joizki, tizimdagi korxonalar bugungi bozor talablariga tez moslashishi, ishlab chiqarishni mobil tashkil qila olishi bilan ajralib turadi. Molochniy domik brendi ostida sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxona faoliyati bunga misol bola oladi.

Gap shundaki, uning jamoasi nafaqat mahsulot sifatini yaxshilashga intilmoqda, balki marketing yoli bilan xaridorlarga yaqinlashish payidan bolmoqda. Yani poytaxtimizdagi 70 dan ortiq savdo uychalari orqali aholiga tvorog, qaymoq, qatiq va boshqa sut mahsulotlari yetkazib berilayapti.

Xorijning eng ilgor texnologik liniyalari bilan jihozlangan shu kabi oziq-ovqat sanoati korxonalarida sifat menejmenti tizimi joriy qilingani tayyorlanayotgan mahsulotlar xavfsizligi va raqobatdoshligi taminlanishida muhim omil bolmoqda. Binobarin, eksport hajmini oshirish Ozbekoziqovqatxolding kompaniyasi zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir. Shu maqsadda yurtimiz hamda xorijda otkazilayotgan korgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etish, logistika markazlari tashkil qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar korilayotir.

Malumki, oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlab bolmaydi. Shuning uchun ham dunyoda tovarlar taqsimotida, jumladan, tez ayniydigan istemol tovarlarini taqsimlashda logistika markazlarining roli va tasiri goyat katta. Shu manoda, mamlakatimizda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, 2020-yilga qadar meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish boyicha 14 ta savdo-logistika markazini ochish kozda tutilgani quvonarlidir. Ularni barpo etishda mahsulotlarni sifatli tashish, saqlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash, sertifikatlash hamda eksport qilishni taminlaydigan tegishli infratuzilma bolishiga alohida etibor qaratilmoqda.

Sohada olib borilayotgan ana shunday tizimli islohotlar natijasida Ozbekiston juda qisqa davr ichida oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchidan eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Hozirgi paytda sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarimiz dunyoning ellikdan ortiq davlatiga sotilayapti. Oxirgi yillarda mahsulotlarimizni import qiladigan davlatlar safi AQSh, Ispaniya, Avstriya, Polsha, Italiya, Yaponiya, Shveysariya va boshqa davlatlar bilan yanada kengaydi. Misol uchun, Polshada Ozbekistonning quritilgan oshqovoq, anjir, orik hamda olxori mahsulotlariga talab katta bolsa, Koreya Respublikasidagi istemolchilar gilosimizga bolakcha mehr qoygan, ushbu mamlakatda qovunlarimiz bozori ham chaqqon. Ispanlar esa yurtimizda yetishtirilgan bodring, sarxil salat mahsulotlarini sevib istemol qilishmoqda. Loviya, noxat, oshqovoq, quritilgan sabzi esa avstriyaliklarda katta qiziqish uygotayapti.

Mazkur yonalishdagi ishlar kolami kelgusida ortib boraveradi. Negaki, birgina 20162020-yillarda meva-sabzavot va gosht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni kopaytirish dasturiga muvofiq, 596 million AQSh dollarilik 180 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Yaqinda Moskva shahrida bolib otgan ProdEkspo 2017 xalqaro korgazmasida erishilgan natijalar savdo-iqtisodiy sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tashkil qilish boyicha olib borilayotgan salmoqli ishlarning oziga xos kozgusi boldi, desak, mubolaga emas.Ushbu tadbirlar yakunida jami 74 million AQSh dollarilik sarxil hamda qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlar savdosi boyicha bitim imzolandi.

Germaniya poytaxtida bolib otgan Yashil hafta 2017 yarmarkasi doirasida esa 151,1 million dollarlik shartnomalar tuzildi.

Bular respublikada oziq-ovqat sanoatini isloh qilish, fermer xojaliklari, qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalarni qollab-quvvatlash boyicha amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar berayotgan beqiyos samaralardan bir shingil, xolos. Zero, puxta oylangan va aniq maqsadli say-harakatlar nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, balki mamlakatimiz eksport salohiyatini tolaqonli royobga chiqarishga mustahkam zamin yaratmoqda.

Said Rahmonov,

Xalq sozi muxbiri.

: admin (6-04-2017, 12:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -