» » Angrenda onasini pichoqlab o‘ldirgan ayol o‘z joniga qasd qildi

Angrenda onasini pichoqlab o‘ldirgan ayol o‘z joniga qasd qildi


Toshkent viloyatining Angren shahrida 48 yoshli ayol onasini pichoqlab, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 16-dekabr kuni soat 13:30 larda sodir bo‘lgan.

48 yoshli ayol T.Smirnova 73 yoshli onasi P.Smirnova bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan bo‘yin, bosh va qorin sohalariga urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng lezviya bilan o‘zining bo‘yin sohasiga jarohat yetkazib, joniga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan T.Smirnovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют