» » Namanganda 700 gr simobni 6000 dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda 700 gr simobni 6000 dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi


Namanganda simob moddasining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro S.O. tomonidan shisha idishga joylangan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 700 gramm simob moddasini 6000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют