» » Angliyada muxlislar talqiniga ko‘ra 2019-yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Angliyada muxlislar talqiniga ko‘ra 2019-yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi


“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk ingliz futbol muxlislari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra Angliyaning 2019-yildagi eng yaxshi o‘yinchi nomiga loyiq ko‘rildi.

Mazkur sovrin uchun shuningdek, Jeymi Vardi (“Lester”), Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”), Rahim Sterling (“Manchester Siti”), Sadio Mane (“Liverpul”) va Son Hin Min (“Tottenhem”) kabi futbolchilar da’vogarlik qilgandi.

28 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2019-yilda “Liverpul” bilan Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Van Deyk shuningdek 2018/19-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Angliya Premyer Ligasi va Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют